«olmaliq kmk» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta kompaniya ro‘yxati e’lon qilindi
15 avgust 2023, 10:59

O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta kompaniya ro‘yxati e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet” nashrida O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari haqida ma’lumot berdi. Davlat budjeti soliq tushumlarining 16,3 foizi Navoiy KMK, 8,6 foizi esa Olmaliq KMK ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin
8 fevral 2023, 16:53

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik» mis konini o‘zlashtirib, 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish rejasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, Navoiydagi Pistali konida 4 mln tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasi qurilishini yakunlash reja qilinyapti.

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi
28 dekabr 2022, 12:27

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi

Joriy yilning 25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von ($12 mln) miqdoridagi grant ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan o‘zbek-koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

“Olmaliq KMK”dan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni o‘g‘rilashga uringan shaxslar ushlandi
7 mart 2022, 10:30

“Olmaliq KMK"dan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni o‘g‘rilashga uringan shaxslar ushlandi

DXX fuqaro “Olmaliq KMK” ishchilari bilan kelishib, kiyim almashtirish xonasiga tarkibida 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallar bo‘lgan 4,4 kg sanoat qumlarini yashirib qo‘yganini aniqladi. Gumondorning o‘zi kombinatning qo‘riqlash xizmatiga ishga kirish uchun suhbatga kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident
22 dekabr 2021, 21:42

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident

«Muruntov» konidagi oltin zaxiralari 3 ming tonnaga yetmasa, Olmaliqdagi «Yoshlik-1» konida — 5 ming tonnadan ko‘proq, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. «Biz shunchalik yer osti boyliklarimiz borligini bilmagan edik. Sizlar bilmaysizlar qanchalar boy odam ekanligingizni, qanday yer osti boyliklari ustida yashayotganingizni», — dedi davlat rahbari.

Prezident OKMKning «Yoshlik-1» konining o‘zlashtirilishi bilan tanishdi
29 iyul 2021, 12:00

Prezident OKMKning «Yoshlik-1» konining o‘zlashtirilishi bilan tanishdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qiymati 4,9 mlrd dollar bo‘lgan «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni konda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston mis sotishdan $2,5 mlrd daromad topmoqda, biroq klasterlar hisobiga foydani oshirishni rejalashtirmoqda
29 iyun 2021, 13:39

O‘zbekiston mis sotishdan $2,5 mlrd daromad topmoqda, biroq klasterlar hisobiga foydani oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston bugungi kunda misdan 2,5 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin, deyildi prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda. Buning uchun mis sanoati klasterlarini tashkil etish va boshqa choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting